«ishtixon tumani» tegli maqolalar


Samarqandda aholiga ajratilgan qariyb 85 tonna un qimmat narxlarda sotilgani aniqlandi
21 iyun 2022, 11:42

Samarqandda aholiga ajratilgan qariyb 85 tonna un qimmat narxlarda sotilgani aniqlandi

Ishtixon tumanida tadbirkor aholiga ajratilgan arzon narxdagi 84,5 tonna un mahsulotini belgilangan mahallalarga yetkazib bermasdan, savdo nuqtalari orqali qimmat narxlarda sotib yuborgani aniqlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda sayyohlik avtobusi «Kamaz» bilan to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi
30 may 2022, 11:22

Samarqandda sayyohlik avtobusi «Kamaz» bilan to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi

Ishtixon tumanida Buxorodan kelayotgan sayyohlik avtobusi «Kamaz» bilan to‘qnashib ketdi. Buning oqibatida haydovchining sherigi voqea joyida vafot etdi, bir nafar ruminiyalik sayyoh esa yengil tan jarohati oldi.

“Hokim buva, meni xijolat qilyapsiz”. Samarqand viloyati hokimi ishtixonlik fuqaroga yordam berdi
13 sentabr 2021, 10:12

“Hokim buva, meni xijolat qilyapsiz”. Samarqand viloyati hokimi ishtixonlik fuqaroga yordam berdi

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Ishtixon tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda fuqaro Oybek Madatovning murojaatini eshitdi. Hokim unga nogironlik aravachasi va sigir berdi, shuningdek, poyabzal ustaxonasi qurib berishga va uyini ta’mirlash bo‘yicha topshiriq berdi. Viloyat hokimi Oybek Madatovni uylantirish bo‘yicha ham ko‘rsatma berdi. Oradan 5 kun o‘tib bularning barchasi amalga oshdi.

Samarqandda muftiy Usmonxon Alimovning janozasi o‘qildi (foto)
17 avgust 2021, 15:22

Samarqandda muftiy Usmonxon Alimovning janozasi o‘qildi (foto)

Marhum shayx Usmonxon Alimovning janoza namozi Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida o‘qildi. Janozaga Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Pokiston va boshqa davlatlardan qorilar tashrif buyurdi — fotoreportaj.

Ishtixonda 8 tup daraxtlarni o‘zboshimchalik bilan kesgan fuqarolarga 63,7 mln so‘m kompensatsiya belgilandi
8 iyul 2021, 14:25

Ishtixonda 8 tup daraxtlarni o‘zboshimchalik bilan kesgan fuqarolarga 63,7 mln so‘m kompensatsiya belgilandi

Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida 3 nafar tomonidan 6 tup zarang va 2 tup shumtol daraxtlari o‘zboshimchalik bilan kesib tashlandi. Fuqarolarning har biriga 1 mln 225 ming so‘mdan jarima va 63 mln 700 mln so‘m tabiatga yetkazilgan zararni qoplash uchun kompensatsiya hisoblandi.

Ishtixon hokimligi matbuot kotibi jurnalistning «fleshka”sini yemaganligi aytildi
17 iyun 2021, 11:55

Ishtixon hokimligi matbuot kotibi jurnalistning «fleshka"sini yemaganligi aytildi

Ishtixon hokimligi matbuot xizmati rahbari jurnalist kamerasining xotira kartasini yeb qo‘ymaganligini ma’lum qildi. «MY5» muxbiri ham bu haqda faqat boshqalardan eshitganligi, o‘zi ko‘rmaganligini ma’lum qildi. Matbuot kotibiga «hayfsan» berildi. Jurnalist esa kamera buzilganligi holati bo‘yicha sudga murojaat qilmasligini bildirdi.

Ishtixon hokimiyati matbuot xizmati xodimi jurnalist kamerasining xotira kartasini «yeb qo‘ygani» aytilmoqda
15 iyun 2021, 17:41

Ishtixon hokimiyati matbuot xizmati xodimi jurnalist kamerasining xotira kartasini «yeb qo‘ygani» aytilmoqda

Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati xodimi dehqon bozoridani yong‘inni yoritishga borgan jurnalistlarning kamerasiga tashlanib, undagi xotira kartasini «yeb qo‘ygani» aytilmoqda. Hokimlik axborot xizmati rahbari tushunmovchilik bo‘lganini qayd etdi. Samarqand viloyati hokimligi holat AOKA vakillari va ikki tomon ishtirokida o‘rganib chiqilishini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting